Chempionlar ligasi uchrashuvi bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan o'rin olgan “Seltik” – “Leyptsig” uchrashuvi Krislouda halok bo'lganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadi.
“Ertangi “Leyptsig”ga qarshi o'yin oldidan bir daqiqa sukut bo'ladi. O'yin davomida futbolchilar juma kuni Donegal okrugining Krislou shahrida fojiali tarzda halok bo'lgan odamlar xotirasiga qora tasma taqishadi", - deyiladi "Seltik" bayonotida.
7 oktyabr kuni Krislou qishlog'idagi yoqilg'i quyish shoxobchasida portlash sodir bo'lib, 10 kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi jarohatlandi.
"Seltik" - "Leyptsig" uchrashuvi 11 oktyabr kuni Glazgoda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165