Martinelli yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirishgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli klub bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib borayotganini aytdi.
“Albatta, qolishni xohlayman. Hozir biz muzokaralar olib bormoqdamiz. Keling, voqealar qanday bo'lishini ko'ramiz. Lekin, albatta, “Arsenal”da qolishni istayman”, dedi Martinelli Sky Sports nashriga.
21 yoshli braziliyalik ingliz klubiga 2019 yilda "Ituano"dan kelib qo'shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
Martinelli joriy mavsumda "Arsenal" safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi 2011 yilning oktyabridan beri "kanonirlar"ning Premer-ligadagi eng tez uyindagi golini kiritdi.

Bosh sahifaga
165