"Barselona" La Ligada g'alabali seriyasini 7 ta o'yinga etkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

"Barselona" Ispaniya chempionatida ketma-ket 7 o'yinda g'alaba qozondi.
Kataloniya klubi La Liganing 8-turi doirasidagi o'yinda “Selta”ni mag'lub etdi (1:0).
Joriy mavsumda Xavi boshchiligidagi jamoa bir marta – birinchi turda “Rayo Valekano”ga qarshi o'yinda durang o'ynadi (0:0). Shundan so'ng jamoa ketma-ket etti marta umumiy 20:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Barselona" 22 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.
Kataloniyaliklar uchun La Ligadagi navbatdagi o'yin 16 oktyabr kuni "Real Madrid" ga qarshi bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174