Dibalaning jarohati jiddiy. U JChni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Paulo Dibala JCh-2022ni o'tkazib yuborishi mumkin.
“Roma” hujumchisi “Lechche” bilan A Seriya o'yinida (2:1) penalti tepish vaqtida jarohat oldi.
Argentinalik futbolchi 48-daqiqada 11 metrlik zarbani golga aylantirdi, biroq shundan so'ng u oqsoqlanib, chap oyog'ini ushlab oldi.
Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino o'yindan so'ng Dibalaning bu yil maydonga qaytishi qiyin bo'lishini aytdi.
Qatardagi jahon chempionati 20 noyabr kuni boshlanadi. Argentina terma jamoasi ilk uchrashuvni 22 noyabr kuni Saudiya Arabistoni bilan o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186