“Liverpul”ga bu yo'lda jiddiy raqobatchi paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Angliya terma jamoasi va Londonning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Deklan Rays ingliz top-klublari orasida katta qiziqishga ega.
Insayder Ekrem Ko'nurning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, poytaxtning boshqa bir klubi "Chelsi" ham 23 yoshli futbolchiga da'vo qilmoqda.
Hozircha "aristokratlar"ning raqibi “Liverpul” bo'lib turibdi. Deklanning transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda.
Yarim himoyachi joriy mavsum Angliya premer-ligasida 11 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Deklan "Vest Xem" bilan 2024 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzolagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151