Evropa grandlari ukrainalik iqtidorga mahliyo
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

"Shaxtyor" yarim himoyachisi Mixailo Mudrik faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Fichajes.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli ukrainalik futbolchiga "PSJ" qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, avvalroq yarim himoyachiga "Real", "Sevilya", "Liverpul", "Arsenal" va "Nyukasl" klublari da'vogar ekani xabar qilingandi.
Joriy mavsumda Mudrik Ukraina Premer-ligasida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, u Chempionlar ligasining uchta o'yinida 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195