Portugaliya terma jamoasi hujumchisi jarohat sabab JChni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Vulverxempton" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Pedru Netu JCh-2022ni o'tkazib yuboradi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
22 yoshli portugaliyalik futbolchi 1 oktyabr kuni APL doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat olgan edi. Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, futbolchi operatsiya qilinishi kerak bo'ladi, shu tufayli u JCh-2022ni o'tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda Netu “Vulverxempton” safida 9 ta o'yinda maydonga tushdi. Shuningdek, u Portugaliya terma jamoasi safida uchta o'yinda bittadan gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208