"Yuventus" sobiq futbolchisi turning markaziy bahsi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Italiya A seriyasining 9-turida markaziy o'yin doirasida “Milan” – “Yuventus” bahsi bo'lib o'tadi, shu munosabat bilan avval “Milan” va “Yuventus”da to'p tepgan futbolchi Marko Borrello bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yuventus" katta bosim ostida o'ynaydi. O'ylaymanki, durang ham "Yuventus" uchun yaxshi natija bo'ladi.
Lekin bu o'yin uslubiga ham bog'liq, agar "Yuventus" ko'proq hujum qilishga harakat qilsa, natija tayin bo'ladi.
"Milan" ham "Chelsi"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng g'alaba qozonishi kerak, jamoa ko'p sonli jarohatlarga qaramay xarakter ko'rsatishi kerak", deydi Barrello.
Italiya A seriyasining 9-turidan o'rin olgan “Milan” – “Yuventus” uchrashuvi 8 oktyabr, shanba kuni bo'lib o'tadi.