Mersisayd klublari bir futbolchini ko'zlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76

"Betis" yarim himoyachisi Gvido Rodrigesga Premer-liganing ikki klubi qiziqish bildirmoqda.
Fichajesning xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchiga "Liverpul" va "Everton" klublari qiziqish bildirmoqda. Andalusiya klubi argentinalik futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
Rodrigesning "Betis" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. U klubga 2020 yilning yanvar oyida kelib qo'shilgan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi “Betis” safida barcha musobaqalarda 9 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253