Anchelotti Kroosning kelajagi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Toni Kroosning kelajagi haqida gapirdi.
Avvalroq AS nashri 32 yoshli futbolchi faoliyatini 2023 yilning yozida yakunlashi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
“Kroos bilan shartnoma uzaytirildimi? Bu unga bog'liq. Agar u qolishga qaror qilsa, biz hammamiz baxtli bo'lamiz", - deya Anchelotti so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano o'zining Twitter sahifasida.
Kroos 2014 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi joriy mavsum Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 9 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231