Navas faoliyatini Premer-ligada davom ettirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

"PSJ" darvozaboni Keylor Navas qishki transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. 35 yoshli darvozabon faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Foot Mercato.
Tajribali darvozabon hozirda Londonning “Vest Xem” va “Tottenxem” klublari hamda “Manchester Yunayted” e'tiborida bo'lib turibdi.
Keylor Navas "PSJ"ning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotdi va bu mavsumda jamoa safida birorta ham o'yin o'tkazmadi. Jamoa bosh murabbiyi Kristof Galte italiyalik Janluiji Donnarummani afzal ko'radi.
Navas 2019 yil sentyabridan buyon Frantsiyaning “PSJ” klubida o'ynamoqda. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192