Rasman! "Inter" sobiq sardori A Seriya klubida ish boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Inter"ning sobiq sardori Deyan Stankovich "Sampdoriya" bosh murabbiyiga aylandi, deb xabar beradi klub sayti.
44 yoshli serbiyalik mutaxassis yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
Avvalroq, agar jamoa A Seriyadagi o'rnini saqlab qolsa, u moliyaviy bonus olishi xabar qilingandi.
2 oktyabr, yakshanba kuni Marko Jampaolo bosh murabbiylik lavozimidan ozod etildi. "Sampdoriya" A Seriya turnir jadvalida so'nggi, 20-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198