Messi jarima zarbasidan gol urish borasida Kumanga etib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi jarima zarbasidan gol urish borasida Ronald Kumanga etib oldi.
Argentinalik futbolchi Liga 1 9-turidan o'rin olgan "Nitstsa"ga qarshi o'yinda (2:1) jarima zarbasidan o'zining 60-muvaffaqiyatini nishonladi. Buning evaziga u darvozabon Rojerio Seni va yarim himoyachi Marselino Kariokani ortda qoldirdi.
Messi va Kuman jarima zarbalarini eng ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxatida sakkizinchi o'rinni egallab turishibdi. Ulardan yuqoriroqda Ziko (62), Diego Maradona (62), Devid Bekxem (65), Ronaldino (66), Viktor Legrotale (66), Pele (70) va Junino Pernambukano (77) bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232