"PSJ" ustozi - sobiq jamoasiga qarshi o'yindan oldin: "Bizni jiddiy uchrashuv kutib turibdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

"PSJ" bosh murabbiyi Kristoff Galte "Nitstsa"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida gapirdi.
"Bizni juda muhim o'yin kutib turibdi. "Nitstsa"da kuchli futbolchilar bor va ular hujumda yaxshi tanlangan", - dedi murabbiy klub matbuot anjumanida.
Galte ham “burgutlar” ustozi Lyusen Favrni qo'llab-quvvatlab, mutaxassisga vaqt berish kerakligini ta'kidladi. "PSJ" ustozining so'zlariga ko'ra, "Nitstsa"da yangi bosqichga chiqish uchun hamma narsa bor.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Galte Frantsiya janubidagi klubni boshqargan edi. Kristoff boshchiligida “burgutlar” kubok finaliga qadar etib borib, “Nant”ga imkoniyatni boy berishgandi.
Joriy mavsumda "PSJ" Liga 1 o'yinlarida 22 ochko jamg'argan bo'lsa, “Nitstsa” 8 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda. O'yin bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Bosh sahifaga
277