Jezus: "Nechta imkoniyatga ega bo'lganimizni bilmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

"Arsenal" "Shimoliy London derbisi"da "Tottenxem"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Jamoasining uchta golidan biriga mualliflik qilgan Gabriel Jezus final hushtagi yangraganidan keyin fikr bildirdi.
"To'g'risi, bu mening derbidagi ikkinchi golim. Birinchisi Braziliya terma jamoasi tarkibida Argentinaga qarshi o'yinda bo'ldi. Men juda xursandman, har bir o'yinda gol urishni istayman. Dastlabki daqiqalardan o'ynaganimiz istagimizni ko'rsatdi.
Biz g'alaba qozonishga haqli edik. Qancha imkoniyatlar yaratganimizni bilmayman. Yigitlar, xodimlar, klub tufayli o'zimni uydagidek his qilyapman. Men juda xursandman, biz to'g'ri yo'ldamiz” - dedi Jezus BT Sport bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282