"Tottenxem" futbolchisi: "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyat biz uchun qattiq zarba emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

"Tottenxem" futbolchisi Erik Dayer derbida "Arsenal"ga 3:1 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin fikr bildirdi.
"Arsenal" ikkala bo'limni ham yaxshiroq boshladi. Ular jarima maydonchasi tashqarisidan chiroyli gol urishdi. Keyin yaxshiroq o'ynay boshladik, hisobni tenglashtira oldik, ammo oxirgi pasda sifat etishmadi. Ikkinchi bo'limda ham xuddi shunday bo'ldi. Biz yomon boshladik, qaytish qiyin bo'ldi. Ikkinchi goldan so'ng, biz o'zimizni topa olmadik va uchinchi golni o'tkazib yubordik...
Mavsum endi boshlandi, shuning uchun bu biz uchun unchalik katta zarba emas. Albatta, hafsalamiz pir bo'ldi, lekin o'tgan yilgi mavsumning boshida ham bu erda mag'lub bo'lgandik va mavsumni yaxshi yakunladik” - dedi Dayer BT Sport bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
284