"Chelsi" Xavertsni sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Germaniyalik hujumchi Kay Xavertts joriy mavsum yakunida Londonning “Chelsi” klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Goal.com portali xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ingliz grandi rahbariyati 23 yoshli hujumchi golsiz futbol namoyish etishda davom etsa, uning transfer variantlarini ko'rib chiqishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Kayni "Chelsi" "Bayer"dan 80 million evroga sotib olgandi. Haverts joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 8 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Hujumchining “pensionerlar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259