«Benazir»ning benazir natijasi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Transfermarkt portali 1992 yildan buyon evrokuboklarda eng ko'p o'yinda g'alaba nashidasini surgan 10 nafar murabbiy reytingini tuzib chiqdi.
Gap shundaki, «Roma» EL 2-turida Finlyandiyaning XIK klubidan ustun keldi va jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino tahlil uchun olingan darvrdagi g'alabalar soni bo'yicha afsonaviy ser Aleks Fergyusonga etib oldi.
Demak, XIK ustidan qozonilgan g'alaba portugaliyalik mutaxasis uchun 1992 yildan buyon Evropa klublari xalqaro turnirlarida qayd etilgan 106-yutuq bo'ldi. Shotlandiyalik afsona ham shuncha g'alabaga ega. Xullas, «Benazir» EL 3-turidan so'ng bu borada mutlaq etakchi bo'lib olishi mumkin. Buning uchun «bo'rilar» 6 oktyabr kuni o'z maydonlarida «Betis»ni engsalar, bas. To'g'ri, ikki peshqadamni ta'qib etayotgan «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hisobida 105ta g'alaba borligini ham aytish o'rinli.
Manba: «Interfutbol» gazetasi
Bosh sahifaga
249