“Real” klubi Ukrainaga xayriya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

Madridda "Real" o'tgan mavsumdagi moliyaviy faoliyati bo'yicha hisobotini taqdim etdi. "Qirollik" klubi matbuot xizmati xabar berishicha, "qaymoqranglilar" jamg'armasi "Hammasi Ukraina uchun" aktsiyasida ishtirok etgan. Ispaniya grandi Ukraina xalqi ehtiyojlari uchun bir million evrodan ortiq xayriya qildi. Ajratilgan mablag'lar dori-darmonlar, oziq-ovqat va boshqa ko'p narsalarga yo'naltirildi.
O'tgan mavsumda italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti boshchiligidagi madridliklar Chempionlar ligasi va Ispaniya La ligasida g'olib chiqishdi.
Ispaniya chempionatining yangi mavsunida “Real Madrid” olti turda 18 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280