Malinovskiy "Roma"ga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74

"Atalanta" yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy "Roma"ga o'tishi mumkin.
Calciomercato xabariga ko'ra, transfer kelasi yozda amalga oshishi mumkin. Futbolchining shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Katta ehtimol bilan u ukrainalik va bosh murabbiy Jan Pero Gasperini o'rtasidagi mojaro tufayli davom ettirilmaydi.
Malinovskiy “Atalanta”da yiliga 1 million evro maosh oladi. “Roma”da agar u erkin agent sifatida borsa, ikki barobar ko'p maosh olishni xohlaydi. Uning rafiqasi Roksana Italiyada qolmoqchi, futbolchining o'zi esa Joze Mourino bilan ishlashdan manfaatdor.
Hozircha rasmiy taklif bo'lgani yo'q, ammo “Roma” bu imkoniyatni ko'rib chiqmoqda. Avvalroq futbolchiga "Tottenxem", "Vest Xem", "Napoli" va "Marsel" klublari qiziqish bildirayotgandi, "Atalanta" Ruslan uchun 40 million evro talab qilgandi.

Bosh sahifaga
272