"Inter" himoyachisi uchun 40 million sarflashga tayyor bo'lgan klub topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

"Chelsi" "Inter" himoyachisi Denzel Dyumfrisga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Calciomercato.
London klubi 26 yoshli niderlandiyalik uchun 40 million evro taklif qilgan, biroq “Inter” o'z futbolchisi uchun 50 million olmoqchi.
Dyumfrisning Milan klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali niderlandiyalik futbolchini 25 million evroga baholamoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Dyumfris "Inter" safida 9 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247