"Chelsi" Pikfordga qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

Daily Express xabariga ko'ra, "Chelsi" "Everton" darvozaboni Jordan Pikfordni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Avvalroq, angliyalik darvozabonga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
28 yoshli Pikfordning "Everton" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali angliyalik darvozabonning narxini 28 million evroga baholamoqda.
2022/23 yilgi mavsumda darvozabon jamoa safida 6 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol o'tkazib yubordi va bitta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252