"Malorka" bosh murabbiyi: "Ertangi o'yinda "Barselona" yaqqol favorit"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67

"Malorka" bosh murabbiyi Xaver Agirre La Liga 7-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men ertangi o'yinda "Barselona"ni yaqqol favorit deb bilmoqdaman. To'g'ri, FIFA kunlarida jamoa ulkan yo'qotishlarga uchradi, lekin shunga qaramay "Barsa"ning zaxira o'rindig'idagi futbolchilari ham ko'plab jamoalarning asosiy tarkibidan kuchliroq deb bilaman. Shuning uchun ham ertaga bizga oson bo'lmaydi. Raqibga hurmat saqlagan holda shuni aytishim mumkinki, biz ertaga faqat va faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz", - dedi Agirre.
Eslatib o'tamiz, bahs 1 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:15'da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242