Koreyalik futbolchi A seriyaning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Italiya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi. "Napoli" klubi markaziy himoyachisi Kim Min-Chje ushbu sovringa ega chiqdi.
Koreyalik futbolchi sentyabr oyida «Napoli» safida A seriyaning 2ta o'yinida ishtirok etdi va «Latsio»ga qarshi o'yinda o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, «Napoli» chempionatning 7ta turidan so'ng 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Atalanta» hisobida ham shuncha ochko mavjud.
Kim Min-Chje joriy yilning yozida «Fenerbaxche»dan «Napoli»ga o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249