Albaga xaridor chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

"Yuventus" "Barselona"ning chap qanot himoyachisi Jordi Albani sotib olishni ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi Tuttosport, Sport.es nashriga tayanib.
Turin klubi Aleks Sandro uchun raqobatni kuchaytirish maqsadida ushbu pozitsiyaga yangi o'yinchi qidirmoqda.
Alba varianti ispaniyalik va "Barselona" rahbariyati o'rtasidagi tushunmovchilik tufayli amalga oshishi mumkin. Uning shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi va kataloniyaliklar futbolchini tekinga yo'qotmoqchi emas.
Transfermarkt 33 yoshli himoyachini 9 mln evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249