"Barselona" joriy mavsum futbolchilarning maoshiga qancha sarflashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
"Barselona"ning joriy mavsumdagi maoshi 656 million evroni tashkil etadi, deb xabar beradi Catalunya Radio Kataloniya klubi moliyaviy hisobotiga tayanib.
Manbaga ko'ra, La Liga aynan shu summani kataloniyaliklarga maoshlarga sarflashga ruxsat bergan.
Qayd etilishicha, o'tgan mavsumga nisbatan “ko'k-anorranglilar”ning maoshi 138 million evroga oshgan.
Shu bilan birga, 656 million evro maosh varaqasi hajmi bo'yicha klub tarixidagi ikkinchi ko'rsatkichdir. Bu faqat 2018/19 yilgi mavsumda kattaroq bo'lgan, o'shanda kataloniyaliklar maosh uchun 671 million evro sarflagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!