Ten Xag APLda sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

“Manchester Yunayted” boshqaruvchisi Erik ten Xag sentyabr oyida Premer-ligada eng yaxshi murabbiy deb topildi. Bu haqda Premer-liga matbuot xizmati xabar bermoqda.
O'tgan oyda "Manchester Yunayted" Premer-ligada atigi ikkita o'yin o'tkazdi. Erik ten Xag shogirdlari mehmonda “Lester”ni 1:0, o'z maydonida “Arsenal”ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi. “Qizil iblislar”ning navbatdagi ikkita o'yini qirolicha Elizaveta IIning o'limi tufayli qoldirildi.
"Manchester Yunayted" ayni damda APL turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam “Arsenal”dan Erik ten Xag jamoasi olti ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
324