Gabriel Jezusning "Manchester Siti"dan ketishiga kim sabab bo'lgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus nima uchun "Manchester Siti"ni tark etgani haqida gapirdi. U shunday deydi:
"Bu narsa Gvardiolaning futbol borasidagi qarashlari sabab ro'y berdi. Murabbiy sizning oldingizga o'z talablarini qo'yadi. Siz buni qabul qilasiz yoki yo'q. Agar yo'q bo'lsa, unda boshqa jamoa izlashingiz kerak. Men ham shunday qildim.
"Arsenal"da hammasi boshqacha. "Manchester Siti"da hujumchilar unchalik ko'p to'p bilan muomala qilavermaydi. Buni ikki jamoa o'yinini solishtirib ham bilib olishingiz mumkin. Nima bo'lgan taqdirda ham Gvardiolaga menga bergan bilimlari uchun yana bir bor rahmat deyman".
Jezus yozda 45 million funt evaziga Londonga ko'chib o'tgan edi.
Manba: mirror.co.ukFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257