Mourino - daho va gap faqat g'alaba qozonishda emas...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Oxirgi 15 yil ichida Joze 5 marta ishdan bo'shatilgan.

Mourino ikki marta "Chelsi" xo'jayini Roman Abramovich tomonidan ishdan bo'shatildi - The Sun nashriga ko'ra, 2007 yilda Joze ikki Angliya chempionligi va mamlakat kubogidagi g'alabadan so'ng Londonni tark etgan va 20 million evro ishlab olgan.
2015 yilda Abramovich Mourinoni ikkinchi marta istefoga chiqardi va shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun unga 14,5 million evro to'ladi. Bu vaqtga kelib portugaliyalik "ko'klar" bilan yana bir Premer-liga chempionligini va kubokni qo'lga kiritgandi.

"Real Madrid" bilan Mourino Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibiga aylandi, lekin uning futbolchilar bilan aloqasi yomon edi - madridliklar rahbarlari murabbiyni ishdan bo'shatib, taxminan 20 million evro tovon puli to'lashdi.

“Manchester Yunayted”da Joze Evropa ligasida g'olib chiqdi va ikki marta Angliya kubogini qo'lga kiritdi, lekin Premer-ligada maqbul natijalarni ko'rsatmadi, natijada – 2018 yilda tomonlar shartnoma muddati tugashidan oldin yo'llarini ajratishdi va Mourino yana 17,5 million evro oldi.

"Special One"ni oxirgi marta ishdan bo'shatgan klub "Tottenxem" bo'ldi — "shporlar" bilan tuzilgan shartnoma shartlariga ko'ra, mutaxassis mavsum uchun taxminan 30 million evro ishlab olgan. Shartnoma muddatidan oldin bekor qilingandan so'ng, Joze o'z hisobiga 18,6 millionni qo'shib qo'ygan.
Britaniyalik jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis muddatidan avval ishdan bo'shatilishi natijasida jami hisobda 97 million 674 ming 480 funt sterling ishlab olgan.
Manba: Sports.ru
Bosh sahifaga
230