Roys kelasi haftadan mashg'ulotlarga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71

Dortmundning “Borussiya” klubi sardori Marko Roys “Shalke-04”ga qarshi derbida jiddiy jarohatdan qutulib qoldi. Bu haqda "asalarilar" bosh murabbiyi Edin Terzich ma'lum qildi.
"U keyingi hafta mashg'ulotlarga qaytishi kerak. Yaxshiyamki, tizzaning lateral ligamentining jarohati biz avvaliga qo'rqqanimizdek jiddiy emas edi", - deya Terzichning so'zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.
Eslatib o'tamiz, 17 sentyabr kuni bo'lib o'tgan "Shalke-04" bilan uchrashuvda Roys jarohat olganidan so'ng zambilda maydondan olib chiqib ketilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253