"Real" Kanselu uchun qancha bermoqchi ekanligi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joau Kanseluga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, ispan klubi futbolchini kelasi yozda qo'lga kiritishga umid qilmoqda va u uchun 40-50 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'zi Madrid lageriga borishni xohlaydi.
28 yoshli Kanselu joriy mavsum “Manchester Siti” safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244