Keynga faoliyatini MLSda davom ettirishni maslahat berishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71

"Tottenxem"ning sobiq darvozaboni Bred Fridel "shporlar" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keynning faoliyati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'ylashimcha, Xarri Jerrard va Lempard kabi MLSda o'ynashi mumkin edi. “Tottenxem” rahbariyati Keyn AQShga ketsa xursand bo'lardi. Bilaman, u Amerika sportini yaxshi ko'radi.
Levi uchun Xarrining "Tottenxem"ga to'g'ridan-to'g'ri raqib bo'lmagan jamoaga o'tishi muhim", - deb xabar berdi Marca Fridelning so'zlarinidan.
Keyn Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256