"Manchester Yunayted" darvozaboni terma jamoasi safida jarohat olib, klubga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Manchester Yunayted" darvozaboni Martin Dubravka jamoaga qaytdi, deya xabar beradi "qizil iblislar" rasmiy sayti.
33 yoshli darvozabon Slovakiya terma jamoasi bilan mashg'ulotlarda jarohat olib, terma jamoani tark etgandi. Dubravka mavsum oxirigacha "Nyukasl"dan ijaraga olingan, biroq "Manchester Yunayted"da hali birorta o'yin o'tkazmagan.
Slovakiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida 22 sentyabr kuni Ozarbayjon bilan, 25 sentyabr kuni esa Belarus bilan bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253