Luis Suaresni o'z safiga qo'shib olish uchun beshta klub kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

2022 yilgi jahon chempionatidan keyin beshta klub “Nasonal” hujumchisi Luis Suaresni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Urugvaylik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning dekabr oyi oxirida yakuniga etadi.
The Mirror nashri xabariga ko'ra, forvard uchun "Aston Villa", "Ayaks", "Vulverxempton", "Nitstsa" va "Marsel" bu borada raqobatlashadi.
Oldinroq "Nasonal" 35 yoshli urugvaylik futbolchi Qatardagi jahon chempionatidan keyin ketishini tasdiqlagandi.
Suares joriy mavsumda klub safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184