Kamavinganing agenti: "Real" - u uchun eng ideal klub"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69

"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing agenti Jonatan Barnett futbolchining klubdagi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi.
Barnett Goal España nashriga bergan intervyusida Kamavinga Madrid klubida juda baxtli ekanligini va klubga ko'chib o'tgandan keyin ijobiy narsalar sodir bo'layotganini aytdi. "Real" - Kamavinga uchun eng zo'r klub, agar siz dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lishni istasangiz, "Real"ga o'tish eng zo'r echim, deya qo'shimcha qildi agent.
19 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 9ta o'yinda maydonga tushdi va gol urmadi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208