O'zbekiston U-20 terma jamoasi Slovakiyaga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75

Bugundan O'zbekiston U-20 terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz yig'in davomida Slovakiya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita uchrashuvini o'tkazadi.
Quyida Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning to'liq ro'yxati bilan tanishing.
Darvozabonlar – Otabek Boymurodov ("Paxtakor"), Humoyunshoh Sayyotov ("Metallurg"), Asrorbek Kenjaev ("Chig'atoy")
Himoyachilar – Diyor Ortiqboev ("Olimpik"), Abubakr Ashurov ("Paxtakor"), Abduqodir Husanov ("Energetik-BGU"), Izzatillo Po'latov ("Turon"), Mahmud Mahamadjonov ("Bunyodkor"), Zafar Hakimov ("Nasaf"), Saidafzalxon Axrorov ("Turon"), Jahongir O'rozov ("Bunyodkor"), Zafarmurod Abdurahmatov ("Nasaf")
Yarim himoyachilar – Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Sherzod Esanov ("Andijon"), Umid Sultonov ("Bunyodkor"), Umarali Rahmonaliev ("Bunyodkor"), Shahzod Ne'matjonov ("Metallurg"), Nodir Abdurazzoqov (AGMK), Abbos Fayzullaev ("Paxtakor"), Rian Islomov ("Paxtakor")
Hujumchilar – Shahriyor Jabborov ("Paxtakor"), Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Olimpik"), Asad Jo'raboev ("Navbahor")
O'yinlar 24-27-sentyabr kunlari yurtimiz yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
210