UEFA yana bir turnir tashkillashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

UEFA yana bir turnir tashkil etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
The Athletic nashrining xabariga ko'ra, g'oya har yili mavsum boshlanishidan oldin qisqa "Ochilish turniri" o'tkazish ekanligi ma'lum bo'ldi. Unda Chempionlar ligasining amaldagi kubogi sohibi va yana uchta top-klub ishtirok etadi.
Aytish joizki, dunyoning ko'plab etakchi klublari murabbiylari futbol rahbariyatini, jumladan, UEFAni yangi turnirlar tashkil etish va o'ta tig'iz taqvim uchun muntazam ravishda tanqid qilishadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumdan boshlab UEFA klublari o'rtasidagi uchta musobaqa o'tkazilmoqda - Konferentsiya ligasi Chempionlar ligasi va Evropa ligasiga qo'shildi. Ushbu turnirning birinchi g'olibi Italiyaning "Roma" klubi bo'ldi.

Bosh sahifaga
208