"Nitstsa" o'z bosh murabbiyini iste'foga chiqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

Lyusen Favrning "Nitstsa" klubidagi taqdiri xavf ostida turibdi. Jurnalist Nikolo Skiraning tarqatgan xabariga ko'ra, Frantsiya klubi yaqin bir necha soat ichida o'z bosh murabbiyini ishdan bo'shatishi mumkin.
Rahbariyatning bu qarori jamoaning mavsum boshidagi halokatli natijalari bilan bog'liq. Liga 1ning 8-turidan so'ng Favr shogirdlari turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.
Favr "Nitstsa"ni 1 iyulda qabul qilib, "PSJ"ga ko'chib o'tgan Kristoff Galteni o'rnini egalladi. Lyusen avvalroq 2016 yildan 2018 yilgacha “burgutlar”ni boshqargan, shundan so'ng Dortmundning “Borussiya”siga tayinlangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268