Pochettino Frantsiya chempionatida ish boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

Maurisio Pochettino tez orada Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin. "Nitstsa" klubi parijliklarning sobiq ustozi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, “burgutlar” rahbariyati jamoaga yaqinda kelib qo'shilgan Lyusen Favrdan norozi. Frantsiya OAVlarining mish-mishlariga ko'ra, argentinalik mutaxassis seshanba kuni yangi klub bo'yicha muzokara olib boradi.
Eslatib o'tamiz, “Nitstsa” Liga 1ning joriy mavsumini dahshatli boshladi.Sakkizta jangdan so'ng jamoa 8 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda. Yozda “Nitstsa” safiga Aaron Remsi, Nikolas Pepe, Kasper Shmeyxel va Ross Barkli kabi APLning top-klublarini sobiq futbolchilari kelib qo'shildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254