Fernandesh: "Premer-ligada deyarli barcha futbolchilar hakamlarga shikoyat qilishadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh doimiy ravishda hakamlarga shikoyat qilish haqidagi ayblovlarga javob berdi.
“Angliya Premer-ligasida deyarli hamma shunday qiladi. Aksariyat o'yinchilar hakam bilan bahslashadi. Fernandino o'yin davomida menga doimo qo'pollik qilgan, biroq hakamga shikoyat qilgan", - deya Fernandeshning so'zlaridan iqtibos keltiradi Athletic.
Fernandesh joriy mavsumda Premer-liganing 6 o'yinida bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliyalik futbolchi 2020-yilning yanvaridan buyon “Manchester Yunayted”da o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268