Levandovski "oltin to'p" uchun kurashda jamoadoshlarining imkoniyatini yuqori baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Oltin to'p" uchun kurash haqida gapirdi.
Levandovski Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida "Barselona" "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun eng ko'p o'yinchiga ega ekanligini, Kataloniya klubi "Bavariya"ga qaraganda bu sovrin uchun ko'proq imkoniyatga ega ekanini aytdi.
34 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 8 ta o'yinda 11 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "Barselona" bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
“Ko'k-anorranglilar” olti uchrashuvdan so'ng 16 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215