Frantsiya terma jamoasi bayonot bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

Hujumchi Kilian Mbappe jamoa fotosessiyasiga borishni istamaganidan so'ng Frantsiya futbol federatsiyasi maxsus bayonot bilan chiqdi.
Mbappe federatsiya futbolchining imidjiga oid konvensiyani o'zgartirishni istamaganidan so'ng Frantsiya terma jamoasi uchun rejalashtirilgan fotosessiyadan voz kechishga qaror qildi.
"Frantsiya terma jamoasi rahbarlari, prezident, bosh murabbiy va marketing menejeri ishtirokidagi uzoq muhokamalardan so'ng, Frantsiya futbol federatsiyasi imidj huquqlari bo'yicha kelishuvni imkon qadar tezroq ko'rib chiqishga intiladi", - deyiladi tashkilot saytida.
22 sentyabr kuni “uch ranglilar” Millatlar ligasi doirasida Avstriya bilan o'z uyida, 25 sentyabr kuni esa Daniya bilan mehmonda maydonga tushishadi.

Bosh sahifaga
224