Valverde Urugvayda yil sportchisi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Urugvayda yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
Charrua de Oro mukofoti mamlakat sport jurnalistlarining ovoz berish yo'li bilan beriladi.
O'tgan mavsumda 24 yoshli yarim himoyachi Madrid klubi bilan Ispaniya chempionati va Superkubogi, shuningdek, "Liverpul"ga qarshi final uchrashuvida (1:0) golli uzatmani amalga oshirib, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida g'olib chiqqan.
Joriy mavsumda Valverde "Real" safida barcha turnirlar doirasida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237