"Inter"ga qarshi o'yinda "Udineze" futbolchisining uyini o'g'ri urib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

Italiya chempionatining 7-turidan o'rin olgan “Inter”ga (3:1) qarshi o'yinda “Udineze” yarim himoyachisi Tolgay Arslonning uyini o'g'ri urib ketdi.
O'g'rilar 32 yoshli turkning uyidan 12 ming evrolik buyumlar, jumladan, ikkita kompyuter va tilla taqinchoqlarni olib chiqib ketishgan.
Futbolchining oila a'zolari o'yinda Arslonni qo'llab-quvvatlagani uchun uyda bo'lmagan.
14 sentyabr kuni noma'lum shaxslar Chempionlar ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi o'yinda “Bavariya” hujumchisi Tomas Myullerning uyini talon-taroj qilishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209