"Leyptsig" o'z futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74

"Leyptsig" o'z yarim himoyachisi Dani Olmoga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda. Yangi shartnoma shartlariga ko'ra, futbolchining maoshi 5-5,5 million evroni tashkil qilishi kerak.
24 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 7 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Olmo va "Leyptsig" o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2024 yil oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 40 million evroga teng.
“Leyptsig” etti turdan keyin 8 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218