Ukrainalik futbolchi uchun "Liverpul" ham kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74

Ukrainaning "Shaxtyor" klubini iqtidorli yarim himoyachisi Mixaylo Mudrik Evropa klublarini o'ziga rom qilishda davom etmoqda.
Express nashri xabariga ko'ra, Mudrik uchun kurashga "Liverpul" ham qo'shilgan. "Mersisaydliklar" ukrainalik futbolchini yanvarda qo'lga kiritishga urinib ko'rishadi, biroq ular bu futbolchi uchun raqobatlashishga to'g'ri keladi. Chunki, "Arsenal", "Sevilya" va "Nyukasl" klublari ham futbolchini qo'lga kiritmoqchi.
Qayd etilishicha, Mixail Mudrikni 30 million evroga sotib olish mumkin.
Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Leyptsig" va "Seltik"ga qarshi ikkita o'yinda Mixail Mudrik ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218