Mbappe Frantsiya futbol federatsiyasi bilan kelisha olmay qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe imidj huquqi borasida mahalliy futbol federatsiyasi bilan hamon kelisha olmayapti. O'yinchining o'zi bu huquqlardan voz kechishni xohlaydi. Bu mojarolar fonida Mbappe Frantsiya terma jamoasining seshanba kungi fotosessiyasida ishtirok etishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda L’Equipe nashri.
Sentyabr oyida Frantsiya terma jamoasi Millatlar ligasining ikkita uchrashuvini o'tkazadi. Dide Desham shogirdlari o'z maydonida Avstriya bilan, mehmonda esa Daniya terma jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuvlar 22 va 25 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225