Potter Sautgeytni o'rnini egallashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Angliya futbol federatsiyasi “Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potterni Garetni Sautgeytning o'rniga milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ko'rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Manbaga ko'ra, Potter "Brayton"dan "Chelsi"ga o'tishidan oldin ham terma jamoani boshqarishi mumkin edi, ammo hozir London klubidagi ish vaziyatni murakkablashtirmoqda. Bu omilga qaramay, Angliya futbol federatsiyasi 47 yoshli mutaxassisni terma jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, Potter shu yilning 8 sentyabr kuni «Chelsi»ni boshqarishni boshlagandi. Uning qo'l ostida "ko'klar" Chempionlar ligasi guruh bosqichida bitta rasmiy uchrashuv o'tkazishga muvaffaq bo'ldi va u erda o'z maydonida "Zaltsurg"ni mag'lub eta olmadi (1:1).

Bosh sahifaga
234