Keyn "Bavariya"ning asosiy transfer maqsadiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72

"Bavariya" "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsad qilib oldi. Bu haqda Sky Sports jurnalisti Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Insayder xabariga ko'ra, o'tgan yozda "Bavariya" angliyalik hujumchining vakillari bilan bog'langan. Shu bilan birga, Keynning o'zi ham Myunxen klubiga o'tishga qarshi emas. Katta ehtimol bilan "Bavariya" rahbariyati hujumchi uchun katta miqdorda, ya'ni 100 million evroga yaqin pul to'lashi kerak bo'ladi.
29 yoshli Keyn “Tottenxem” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumchi joriy mavsumda APLning 7 ta o'yinida 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Keyn va "Tottenxem" o'rtasidagi kelishuv 2024 yilda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234