"Manchester Yunayted"ning 12 nafar futbolchisi zaharlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Manchester Yunayted"ning ba'zi futbolchilari "Sherif" bilan UEFA Evropa ligasi o'yinidan (2:0) so'ng zaharlandi, deb xabar bermoqda The Sun.
Qayd etilishicha, klubning 12 nafar futbolchisi o'yinning ertasiga, juma kuni o'zini yomon his qila boshlagan. Manchesterliklar bu futbolchilarning Kishinyovda yoki qaytishda samolyotda egan taomlari bilan bog'liqligini aniqlashga harakat qilmoqda.
Shu sababli bir nechta futbolchilar juma kuni mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishdi, ba'zilari esa klubning shanba kungi mashg'ulotlarini ham o'tkazib yuborishdi. Shu bilan birga, xalqaro tanaffus vaqtida barcha futbolchilar o'z terma jamoalariga yo'l olishdi.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Terma jamoalar o'yinlaridan so'ng “qizil iblislar” “Manchester Siti” bilan Manchester derbisini o'tkazadi (2 oktyabr, Toshkent vaqti bilan 18:00).

Bosh sahifaga
230